«kinematografiya agentligi» tegli maqolalar


“O‘zbekkino” kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada rivojlanish bo‘ladi — Ozodbek Nazarbekov
16 avgust 2024, 22:20

“O‘zbekkino” kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada rivojlanish bo‘ladi — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ko‘ra, “O‘zbekkino” (Kinematografiya agentligi) kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada siljish bo‘ladi. “„O‘zbekkino“ faqat buyurtmachi bo‘lib, xususiy shirkatlarni rivojlantirishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak”, — degan vazir agentlik faoliyati ichidan o‘rganilayotganini aytdi.

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar bo‘ldi
7 iyun 2024, 14:45

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar bo‘ldi

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi. U bunga qadar agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Tashkilotning avvalgi rahbari Firdavs Abduxoliqov Islom sivilizatsiyasi markazi direktori bo‘lgan.

Firdavs Abduxoliqov boshqa ishga o‘tadi
5 iyun 2024, 20:00

Firdavs Abduxoliqov boshqa ishga o‘tadi

Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov lavozimini tark etadi. U Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlanishi kutilmoqda.

Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi
29 mart 2024, 00:04

Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Fevral oyida MTRK raisligidan ketgan Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Umid qilamizki, u erishilgan muvaffaqiyatlarning yanada oshishi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda bor kuch, bilim va tajribasini sarflaydi”, — deb yozdi madaniyat vaziri.

«Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
31 avgust 2022, 17:51

«Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan «Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. U bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.

Senatorlar Kinematografiya agentligi faoliyatini tanqid qildi
23 iyun 2022, 16:31

Senatorlar Kinematografiya agentligi faoliyatini tanqid qildi

Senatorlar Kinematografiya agentligi rahbari hisobotini tinglab, uning faoliyatini tanqid qildi. Aytilishicha, qaroqchilikka qarshi kurash va mualliflik huquqi himoyasida muammolar bor, Kinematografiya akademiyasi va hududiy kinoteatrlar tashkil etilmagan, «Kinematografiya to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqilmagan.

Firdavs Abduxoliqov manfaatlar to‘qnashuvi ishi bo‘yicha 8,1 mln so‘m jarimaga tortildi
21 fevral 2022, 18:47

Firdavs Abduxoliqov manfaatlar to‘qnashuvi ishi bo‘yicha 8,1 mln so‘m jarimaga tortildi

Sud Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovni o‘zining oila a’zolariga qarashli bo‘lgan Sevimli TV`ga davlat buyurtmalarini berganlikda aybli deb topdi. U maksimum jazoga — BHMning 30 baravari (8,1 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Kinematografiya agentligi va Sevimli TV rahbarlari o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi
24 yanvar 2022, 17:41

Kinematografiya agentligi va Sevimli TV rahbarlari o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi

Antikorrupsiya agentligi Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov va uning turmush o‘rtog‘i, qizi hamda o‘g‘li ta’sischilari bo‘lgan Sevimli TV o‘rtasida shartnomalar tuzish va subsidiyalar ajratishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.

Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligining bosh direktori bo‘ldi
6 may 2021, 13:09

Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligining bosh direktori bo‘ldi

«O‘zbekkino» Milliy agentligining bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligining bosh direktori etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting